Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Prezident Murojaatnomasi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputatlari M.Kamolova, M.Xudoyberdiyevalar mahalla yettiligi bilan birgalikda Abay MFY aholi bilan uchrashuv o’tkazishdi.
янв.21
Mukohama uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
✔️Bugun xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o’rganish
янв.21
“Salomatlik sari” loyihasi doirasida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash va xotin -qizlar o‘rtasida turli gnekologik kasalliklarni oldini olish maqsadida tumandagi oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati M.Ravshanova tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida Navoiy MFY hudidagi 7-sonli maktabga tashrif buyurib, isitish tizimi holati o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida, maktabda istish tizimi quvurlari sozligi, schyotchik aparati qayta summatordan o‘tkazilganligi hamda maktab binosi kuz-qish mavsumiga tayyorligi maʼlum bo‘ldi.
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining yettinchi chaqiriq, yettinchi sessiyasi 4-aprel kuni o‘tkaziladi.

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi sessiyasi kun tartibi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilda amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida Ishtixon tumani hokimining hisoboti haqida.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilda amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida Ishtixon tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari J.Bediyevning hisoboti haqida.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-sonli Farmonining 25-maqsadida hamda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining 2024-yil 6-aprel kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlisining 10-sonli bayonnomasining 19-bandida berilgan topshirlar ijrosi yuzasidan Ishtixon tumani hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i F.Chinorovaning hisoboti haqida.

4. Ishtixon tumanida investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilda amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida Ishtixon tuman hokimining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i A.Nurjamolovning hisoboti haqida.

5. Ishtixon tumanida 2024-yil davomida aholi turmush tarzini yanada yahshilash maqsadida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash borasida olib borilgan ishlari hamda 2025-yilda amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida Ishtixon tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Tuxtamurodovning hisoboti haqida.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Ishtixon tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i O.Akbarovning hisoboti haqida.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktyabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5199-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Ishtixon tumanida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi haqida Ishtixon tumani Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi J.Umarovning hisoboti haqida.

8. Ishtixon tumanida aholi salomatligini saqlash va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish yuzasidan 2024-yilning o‘tgan davrida amalga oshirgan ishlari va 2025-yilga mo‘ljallangan rejasi to‘g‘risida Ishtixon tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i G‘.Abdumuratovning hisoboti haqida.

9. Ishtixon tumanida 2025-yil 1-mavsumda O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq budjet” axborot portali orqali eng ko‘p ovoz to‘plagan taklif loyihalarini “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risida.

10. O‘zbekiston Respublikasi Adolat SDP Ishtixon tumani Kengashi deputatlik guruhi rahbari M.Umirovaning Ishtixon tumanidagi “Shayxlar istirohat bog‘i” hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti haqida.

11. Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil qilish to‘g‘risida.

12. Ishtixon tumani hokimining 2025-yil 5-fevraldagi “Shoniyazov Azamat Raxmonovich to‘g‘risida”gi 38-7-95-Q/25-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida.

13. Ishtixon tuman mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.