Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔰Eskirgan simyog‘ochlar yangisiga almashtirildi

🔰Eskirgan simyog‘ochlar yangisiga almashtirildi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi J. Xudoyev tashabbusi bilan Mustaqillik mahallasi Chor‘guli qishlog‘ida aholi xavfsizligini ta’minlash va elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish borasida amaliy ishlar olib borildi.
🏦Xususan, qishloqda foydalanish muddatini o‘tab, yangilashga ehtiyoj sezilgan 15 dona eskirgan simyog‘och yangilariga almashtirildi.
🏦Mazkur amaliy ish qishloq aholisi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratish, elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🏦Bunday tashabbuslar deputatlik faoliyatida aholi muammolariga e’tibor qaratish, ularni joyida hal etish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.
🏦Aholi manfaatlari yo‘lidagi amaliy ishlar izchil davom ettiriladi!

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 3