Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔰Deputat va mahalla “yettiligi” hamkorligida aholi murojaatlari tinglandi.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati N.Shamsiyeva 16-“Yangi O‘zbekiston” saylov okrugidagi “Olmazor” MFY “yettiligi” aʼzolari va tegishli tashkilot vakillari bilan birgalikda ushbu hududida yashovchi aholi bilan mavjud masalalar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

🔸Deputat N.Shamsiyeva hamda mahalla “yettiligi” a’zolari har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularning kelib chiqish sabablarini atroflicha muhokama qilishdi. Aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuvda ishtirok etgan tegishli tashkilotlar vakillariga aniq vazifalar yuklatildi.

🔸Ushbu hamkorlikdagi tadbir mahalladagi muammolarni "mahalla bay" tizimida, ya’ni ichkaridan turib o‘rganish va ularga adolatli yechim topishda muhim qadam bo‘ldi. Ko‘tarilgan har bir masala deputat va mahalla faollarining qat’iy nazoratida qoladigan bo‘ldi.

Slide 1 of 4