Yangiliklar

BERUNIY MAHALLASIDA SALOMATLIK YO‘LAKCHASI HOLATI O‘RGANILDI

BERUNIY MAHALLASIDA SALOMATLIK YO‘LAKCHASI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 8-Muborak saylov okrugi deputati N. Dedaxanova tomonidan Beruniy mahallasidagi salomatlik yo‘lakchasining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida salomatlik yo‘lakchasining bugungi holati, undan aholining, xususan, yoshlar va keksa yoshdagi fuqarolarning foydalanish imkoniyatlari hamda hududda yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yo‘lakchani yanada obodonlashtirish, sanitariya va tozalik holatini yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholining salomatligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi maskandan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, salomatlik yo‘lakchasini doimiy nazoratda saqlash va undan aholining keng foydalanishini ta’minlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1