PAXTAKORDA TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi, Paxtakor tumanida tuman hokimligi, Ichki ishlar va Adliya bo‘limlari hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida Bog‘ishamol, Mingchinor, Nurli Pangat va Dilorom mahallalari tadbirkorlari hamda biznes boshlash istagidagi fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
📌 Uchrashuvda tadbirkorlikni rivojlantirish, mavjud muammolarni hal etish, yangi loyihalarni amalga oshirish va moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
💬 Ishtirokchilarning murojaat va takliflari tinglanib, mas’ullar tomonidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
🏆 Shuningdek, hudud rivojiga hissa qo‘shayotgan faol tadbirkorlar tuman hokimining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
📈 Maqsad — tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish.