Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati A. Nasirov tomonidan fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati va qulayligini oshirish maqsadida Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi.
🔺O‘rganish davomida markazda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish jarayonining tashkil etilishi, navbat tizimi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda xizmatlarning sifati tahlil qilindi.
🔺Shuningdek, aholiga yanada qulay sharoit yaratish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlarini qisqartirish va xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelayotgan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
⚖️Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan fuqarolarga davlat xizmatlarini qulay, tezkor, shaffof va sifatli ko‘rsatish tamoyillariga muvofiq olib borilmoqda.
👨💼Deputat tomonidan o‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.