#Kengash_raisi_faoliyati #Ekspert_guruhi_faoliyati
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 12-Rabotak saylov okrugidan saylangan deputat M. Juraqulovaning saylov okrugidagi «Rabotak» mahallasida tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda duradgorlik bilan shug‘ullanib, tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan fuqarolarning faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida fuqarolarning duradgorlik yo‘nalishida olib borayotgan ishlari, mavjud shart-sharoitlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, faoliyatni kengaytirish imkoniyatlari hamda tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar o‘rganildi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va kelgusida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram