#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_muhim_masala
TASHABBUSLI BUDJET LOYIHASI DOIRASIDAGI YO‘L QURILISHI MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati N.Sulaymonov tomonidan “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi ishlari yuzasidan mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida aholiga amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi loyihasi haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, qurilish ishlari olib boriladigan hudud, loyiha doirasida bajariladigan ishlar, belgilangan vazifalar hamda loyiha hujjatlari aholi vakillariga to‘liq tanishtirildi.
Shuningdek, fuqarolarning yo‘l qurilishi bilan bog‘liq fikr va takliflari tinglanib, amalga oshirilayotgan ishlarning loyiha hujjatlariga muvofiq olib borilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.