Yangiliklar

Ustoz va murabbiylarga ehtirom — yuksak qadriyat

1-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Bo‘ston tumanidagi umumta’lim maktablarida bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar doirasida xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Z.Umarova umumta’lim maktablarida bo‘lib, ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi hamda ularga bayram sovg‘alarini ulashdi.
Muloqotlar davomida ta’lim sohasi vakillarining mehnat faoliyati, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda maktab jamoalarini qiynayotgan masalalarga e’tibor qaratildi.
Deputatning ta’lim muassasalari jamoalari bilan bevosita muloqoti aholi va ijtimoiy soha vakillarining fikr-mulohazalarini o‘rganish, mavjud masalalarni aniqlash va ularning qonuniy yechimini topishga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fidoyi ustoz va murabbiylarga mashaqqatli va sharafli faoliyatida muvaffaqiyat, mustahkam sog‘lik va oilaviy xotirjamlik tilaymiz!

Slide 1 of 7