Yangiliklar

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyat mudiri tomonidan Oqdaryo tumani Kengashi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyat mudiri tomonidan Oqdaryo tumani Kengashi faoliyati o‘rganildi

🔹 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyat mudiri S.Usmonov tomonidan xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 O‘rganish davomida Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalari ijrosi, doimiy komissiyalar faoliyati, sessiyalar kun tartibiga kiritilgan masalalarning ko‘rib chiqilishi va qabul qilingan qarorlar ijrosi tahlil qilindi.

🔹 Shuningdek, deputatlar tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlarining ijrosi, murojaatlar bilan ishlash holati, tashkilot va muassasalarga yuborilgan xizmat xatlari hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

🔹 O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyatida hujjatlar yuritilishi, ijro intizomi va nazorat tizimining samaradorligiga alohida e’tibor qaratilib, faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi. 

Slide 1 of 2