Yangiliklar

Infratuzilma va obodlik: “Jayhun” mahallasida kengash qarori ijrosi nazoratda

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi raisi A.Mustafakulov shahardagi “Jayhun” mahallasida bo‘lib, keng ko‘lamli o‘rganishlar o‘tkazdilar.

💬 Ushbu o‘rganishlar Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 18-maydagi VII-21-42-8-121-K/26-sonli qarori asosida amalga oshirilayotgan infratuzilmani rivojlantirish ishlarining borishini tahlil qilishga qaratildi.

💬 Bugungi kunda mazkur qaror ijrosi doirasida mahalla hududidagi ko‘p qavatli uylarning tashqi fasad qismini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Komissiya a’zolari jarayon bilan yaqindan tanishib, quyidagilarga alohida e’tibor qaratdilar:

▶️Sifat nazorati: Ishlatilayotgan qurilish va pardozlash materiallarining chidamliligi va sifati;
▶️Muddatlarga rioya etilishi: Ishlarning belgilangan grafik asosida, aholiga noqulaylik tug‘dirmagan holda bajarilishi;
▶️Estetik ko‘rinish: Fasad ranglarining shaharning umumiy me’moriy qiyofasiga mosligi.

💬 O‘rganish davomida mutasaddilar va quruvchilar bilan suhbatlashib, ishlarni sifatli yakunlash bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi. Ta’kidlandiki, har bir ko‘p qavatli uyning fasadi nafaqat go‘zal ko‘rinishi, balki issiq-sovuqqa chidamli bo‘lishi aholi farovonligi uchun muhimdir.

Slide 1 of 3