Yangiliklar

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Yashnobod tumanidagi 216-sonli umumta’lim maktabida bayram tadbiri hamda sport maydonchasida tashkil etilgan “Kelajak” yozgi oromgohining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan milliy raqslar, sahna ko‘rinishlari va turli ko‘ngilochar chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi.

🏕 Mazkur “Kelajak” yozgi oromgohi bolalarning yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etishiga xizmat qiladi.

🌟 Farzandlarimizning baxtli bolaligi va porloq kelajagini ta’minlashga qaratilgan bunday ezgu tashabbuslar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1