Yangiliklar

“Asalobod” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

❗️Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Abduraxmonov Nodirjon tomonidan “Asalobod” mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

📌Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan muammolar joyiga chiqib o‘rganildi hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.

✅Shuningdek, mahalla ichki yo‘llarining holati o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

❗️O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, aniqlangan masalalar yuzasidan deputat so‘rovi yuborilishi kelishib olindi.

✅Mazkur amaliy ishlar aholi murojaatlarini joyida o‘rganish va ularni tizimli hal etishga qaratilgan.

Slide 1 of 1