Yangiliklar

Joriy yilning 25 may kuni Yashnobod tumani MMTB tasarrufidagi 161-sonli umumta’lim maktabida “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Muhammadiyev Ural Lafasovich ishtirok etib, bitiruvchilarga samimiy tilaklarini bildirdi hamda ularning kelgusi ta’lim va mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlarga erishishini tiladi.

☀️ Tadbir davomida ustozlarning fidokorona mehnati e’tirof etilib, bitiruvchilarning maktab bilan xayrlashuv onlariga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar va samimiy dil izhorlari tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

🔥 Shuningdek, maktab hayotida faol ishtirok etgan o‘quvchilar, ustozlar va faol ota-onalar munosib taqdirlandi. 🎓✨

Slide 1 of 1