Yangiliklar

Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Suvonqulov Sardor Qurbonali o‘g‘li tomonidan “Parvoz” mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

❗️Uchrashuv davomida deputat o‘zining 2026 yil 1-chorak davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan aholiga axborot berdi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati, tibbiyot sohasi hamda mahalladagi ayrim ijtimoiy muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

📌Murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar mas’ullari ishtirokida muhokamalar o‘tkazilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

✅Uchrashuvda Kengash kotibiyati mudiri A.Kerimov, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari, tuman hokimligi mas’ullari, boshqaruv servis kompaniyalari hamda obodonlashtirish sohasi vakillari ishtirok etdi.

Slide 1 of 1