✅Rejaga ko‘ra Uchko‘prik tumanidagi “Tepaqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 25 ta xonadonga mehr-saxovat ko‘magi doirasida oziq-ovqat
mahsulotlari tarqatildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar va ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olinadi. Xayriya tadbirlarida xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga “7-Sulton” saylov okrugidan deputati Ne’matjon Sultonov ham faol ishtirok etdi.
🔹Mana shunday xayrli tashabbuslar orqali “Inson qadri uchun” degan ulug‘ g‘oya amalda o‘z ifodasini topdi, albatta.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi