Boyovut tumanining “Sohil” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida aholi bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda tuman deputati A.Amanlikov, Jinoiy ishlar bo‘yicha Boyovut tumani sudi raisi, tuman prokuraturasi vakillari hamda boshqa tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida mahallada kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, oilaviy nizolarni bartaraf etish, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolarga amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar, ularning huquq va majburiyatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida aholini qiynab kelayotgan ayrim masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan ijrosi nazoratga olinishi belgilandi.