Yangiliklar

Qushchinor mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova, Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamov tomonidan «Qushchinor» mahallasida yoshlar yetakchisi M.Mahmudovaning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi tomonidan joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish hamda ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar muhokama qilindi.

Mahallada yoshlar bilan ishlash bo‘yicha erishilgan natijalar ijobiy baholanib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3