Yangiliklar

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi barcha bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Bolalar — yurtimizning ertangi kuni, xalqimizning eng katta boyligi va kelajagimiz bunyodkorlaridir. Ularning sog‘lom, bilimli, baxtli va har tomonlama barkamol bo‘lib ulg‘ayishi davlatimiz va jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biridir.

Bugungi quvonchli bayram munosabati bilan barcha bolajonlarga mustahkam sog‘lik, beg‘ubor bolalik, yorqin kelajak, o‘qish va ijodda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Har bir xonadonda bolalar kulgusi yangrab, ularning orzu-intilishlari ro‘yobga chiqsin. Farzandlarimiz Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetsinlar.

Aziz bolajonlar, bayramingiz muborak bo‘lsin! Sizlarning baxtiyor va quvnoq hayotingiz — barchamizning eng katta quvonchimizdir!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi