Yangiliklar

Mehr-saxovat tadbirlari

 Uchko‘prik tumanida ham yuqori saviyada tashkil etilgan ana shunday ezgu tadbirlarda xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga 13-Kichik Kenagas saylov okrugidan deputati Baxodirjon Muqimov ishtirok etdi. 

“Katta Kenagas” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi vakillari - ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro, yakka-yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan shakllantirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.  

Mahalla “yettiligi” vakillari xonadonma-xonadon yurib, aholi turmush sharoiti bilan qiziqdi hamda bayram quvonchini har bir xonadonga olib kirishga harakat qildi. Bu esa mahallalarda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlaydi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1