Yangiliklar

MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Bo‘ston” mahallasida faoliyat yuritayotgan
soliq inspektorining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish holati yuzasidan jamoatchilik nazorati o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida deputat va mahalla soliq inspektori hududdagi tadbirkorlik subyektlarida bo‘lib, ularning faoliyati, mavjud muammolari hamda soliq qonunchiligidagi yangiliklardan xabardorlik darajasini o‘rgandilar.Shuningdek, tadbirkorlarga soliq islohotlari, soliq majburiyatlari va amaldagi imtiyozlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar sohadagi yangiliklar bilan tanishib, mutaxassislardan amaliy tavsiyalar oldilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Mazkur o‘rganish va targ‘ibot tadbiri tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, soliqqa oid huquqiy savodxonlikni oshirish hamda mahallalarda soliq intizomini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3