Yangiliklar

🔰Mahalla muammolari deputat nazoratida.

🔸Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati S.Meliyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Yakubov, “Ulug‘bek” MFY “yettiligi” bilan birgalikda hududdagi dolzarb masalalarni joyida o‘rgandilar.

🔸Xususan, mahallaning “Shirin” ko‘chasida yashovchi fuqaro N.O‘sarova tomonidan elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash va ichki ko‘chalarni asfalt qilish bo‘yicha qilingan murojaat atroflicha ko‘rib chiqildi.

🔸Jarayonda fuqaroga tizimli ishlar bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi. Ko‘tarilgan muammolarni qisqa fursatlarda bartaraf etish maqsadida, masʼul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishildi. Masalaning yakuniy ijrosi deputat tomonidan qatʼiy nazoratga olindi.

Slide 1 of 5