Yangiliklar

Aholi murojaati deputat e’tiborida


Guliston shahar “Madaniyat” MFY Zomin ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan ichimlik suvi sifati yuzasidan bildirilgan murojaatlar asosida Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Nosirjon Egamberiyev tomonidan Guliston shahar suv ta’minoti korxonasiga deputat so‘rovi yuborilgan edi.

📌 Mazkur murojaatda hududdagi suv ta’minoti tarmog‘i yangilangan bo‘lishiga qaramasdan, ayrim xonadonlarga loyqa va qum aralash ichimlik suvi yetib kelayotgani, bu esa aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani qayd etilgan.

🔎 Hozirgi kunda deputat Nosirjon Egamberiyev hamda mutasaddi tashkilot mas’ullari ishtirokida hududda joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish davomida ichimlik suvi sifati, mavjud tarmoqlar holati hamda filtr tizimlarining ishlash samaradorligi ko‘zdan kechirilib, muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilanmoqda.

🤝 Mazkur masala yuzasidan hamkorlikdagi ishlar davom ettirilib, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.