Yangiliklar

AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT E’TIBORIDA

AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT E’TIBORIDA

  Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati D.Sodiqova Iftihor mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Qabul davomida aholining murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Fuqarolar tomonidan asosan bandlikni ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kredit ajratish, bolalar puli ta’minoti bo‘yicha murojaatlar
bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mahalla mas’ullari bilan birgalikda hal etib olish masalalari kelishib olindi. 

  Shuningdek, murojaatlarning ijrosini nazoratga olish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilishi ma’lum qilindi. 

   

Slide 1 of 2