O‘rganish davomida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.
Tahlil natijalariga ko‘ra:
Kambag‘allik reyestrida 138 nafar fuqaro ro‘yxatda turibdi;
Mahalladagi kambag‘allik darajasi 7,9 foizni tashkil etmoqda;
12 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilingan;
8 nafar fuqaroga 100 million so‘mgacha bo‘lgan imtiyozli kreditlar ajratilgan;
Chorvachilik yo‘nalishida 7 nafar fuqaro qo‘llab-quvvatlangan;
1 nafar fuqaroga tikuv mashinasi xarid qilish uchun amaliy yordam ko‘rsatilgan;
Jami 1 milliard 152 million so‘mlik moliyaviy resurslar yo‘naltirilgan;
4 ta mikroloyiha ishga tushirilib, natijada 25 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Shuningdek, mahallada aholi bandligini yanada oshirish, yangi tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allik darajasini kamaytirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Mahallalarda olib borilayotgan tizimli ishlar aholining turmush darajasini yuksaltirish, daromadlarini oshirish va farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.