Yangiliklar

Aholi murojaatiga asosan hududda maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etish imkoniyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Axmedov “Pskom” MFY hududida joylashgan 45-sonli umumta’lim maktabi faoliyati bilan tanishdi.


🔺O‘rganish davomida ta’lim muassasasida tashkil etilgan kutubxona va o‘quvchilar uchun yaratilgan boshqa sharoitlar, sinf xonalari, moddiy-texnik baza hamda ta’lim sifati bilan tanishdi. Maktabda yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sifatli ta’lim olishi uchun amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔺O‘rganish yakunida aholining murojaatlariga asosan bir necha yillardan buyon foydalanilmay bo‘sh turgan umumta’lim maktabga qarashli bino negizida davlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha taklif bildirildi. Mazkur taklifni tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi deputat tomonidan nazoratga olinganligi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 1