#96_qonun
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati, yoshlar bilan ishlash samaradorligi hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida mahalladagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mas’ullarga yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalarni tizimli davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram