🔽Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi 24-Beshkapa saylov okurgidan saylangan deputat, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Matkarimova Irina Djumaniyazovna “Beshkapa” mahallasiga tashrif buyurib, muammolar bilan tanishdi.
✔️Shuningdek, mahallada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib chiqdi. Mahallada daraxtlar tagini yumshatish hamda bog‘dorchilik ishlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan suhbatlashdi.
Deputat I.Matkarimova fuqarolarga atrof-muhit ozodaligini ta’minlash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha mahalladoshlarni hamjihat bo‘lishga chaqirdi.