Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati E.Babayev tomonidan Mustaqillik MFY hududida joylashgan “Shodlik” bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Mehnat qahramoni Sobirjon Siddiqovni xotirlab” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.

🔷Tadbir davomida bolajonlarga Sobirjon Siddiqovning hayot yo‘li, mehnat faoliyati hamda yurt ravnaqiga qo‘shgan munosib hissasi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, mehnatsevarlik va kattalarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

🔷Tadbir yakunida deputat bolajonlar bilan esdalik uchun suratga tushdi.

Slide 1 of 3