Yangiliklar

9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oyqor mahallasida istiqomat qiluvchi 105 yoshli onaxon Xasanova Xadicha holidan xabar olindi.

9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oyqor mahallasida istiqomat qiluvchi 105 yoshli onaxon Xasanova Xadicha holidan xabar olindi.

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tashrif Xalq depuatatlari tuman Kengashi deputati S.Mustafaqulova, Baxmal tumani xotin-qizlar va madaniyat bo‘limi hamkorligida amalga oshirildi. Tadbir davomida nuroniy onaxon holidan xabar olinib, unga samimiy e’tibor va ehtirom ko‘rsatildi hamda bayramona kayfiyat ulashildi.Mazkur tashabbus orqali yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida fidokorona umr kechirgan, bugun esa duolari bilan jamiyatimizga fayz bag‘ishlab kelayotgan nuroniylarimizni e’zozlash, ularning hayotiy tajribasini qadrlash va yosh avlodga ibrat sifatida targ‘ib etish maqsad qilingan.

Slide 1 of 3