Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Kazakov tomonidan «Al-Beruniy» oilaviy shifokorlik punkti binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati joyiga chiqib o‘rganildi.
Loyihaga ko‘ra, mavjud 50 qatnovga mo‘ljallangan bino 1-tipdagi oilaviy poliklinika talablariga moslashtirilmoqda.
O‘rganish jarayonida qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya qilinishi hamda aholiga qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddilarga ishlarni jadallashtirish va sifatni nazorat qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur rekonstruksiya yakunlangach, hudud aholisi uchun zamonaviy va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati yanada kengayadi.