Yangiliklar

"Turon" mahallasida muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Mardonova tomonidan "Turon" mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi. Tashrif davomida mahalla yettiligi bilan yaqindan hamkorlik qilinib, aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar muhokama etildi.

Xususan, infratuzilma, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish va ijtimoiy sohadagi muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda olib borilgan ushbu uchrashuv hududdagi muammolarni tizimli hal etishda muhim qadam bo‘ldi. Kelgusida ham aholi bilan ochiq muloqotlar davom ettirilib, har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2