Bugun Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala — Paxtachi tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i mayor Jabborov Sanjar Maxsiddinovichning tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida 2026 yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.
Hisobot davomida hududda jinoyatchilikni kamaytirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, aholi bilan manzilli ishlash hamda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha olib borilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.