Yangiliklar

Deputat saylovchilarga axborot berdi

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati G.Rayimovaning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida deputat o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, aholi muammolarini hal etish yo‘lidagi tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob oldilar. Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar kelgusidagi faoliyatda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Slide 1 of 2