Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, jumladan, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, o‘zini o‘zi band qilishda olib borilayotgan ishlar natijadorligi va hududni obodonlashtirishga oid muammolar muhokama qilindi. Fuqarolar o‘z taklif va murojaatlarini bildirib, ularga yechim topish yuzasidan amaliy choralar belgilab olindi hamda deputatlik so‘rovlari tegishli bo‘lim, tashkilotlarga yuborildi.
Deputat tomonidan kelib tushgan murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, nazoratga olish va aholi manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.