Popda yana bir mahalla zamonaviy qiyofa kasb etmoqda!
✍️Tashabbusli budjet loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan Iftixor mahallasidagi Bobur ko‘chasining 3,5 kilometr qismiga 1,5 mlrd so‘m mablag‘ evaziga asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.
Ushbu amaliy ishlar nafaqat infratuzilmani yaxshilash, balki aholi uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
Hudud deputati N.Rahimova Iftixor mahalla aholisi bilan uchrashib, ularni ushbu quvonchli yangilik bilan samimiy muborakbod etdi. Uchrashuv
davomida aholi tomonidan bildirilgan fikr va takliflar ham tinglanib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan mulohazalar almashildi.
Deputat tomonidan saylangan okrugida amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari doimiy nazoratda ekanligi ta'kidlandi.