Yangiliklar

Xalq manfaatlari yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda ❗️

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Muxabbat Raximova tomonidan mazkur farmon ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilib, mahalla yettiligi faoliyatining samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida:

-ko‘makka muhtoj oilalar bilan ishlash tizimi,

-mahalla yettiligi a’zolarining hamkorlikdagi faoliyati,

-davlat tomonidan berilayotgan ijtimoiy yordamlarning manzilliligi tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga taklif va tavsiyalar berildi.

Bu kabi nazorat tadbirlari orqali aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va manzilliligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 3