Yangiliklar

Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi 2026-yil 7-mart kuni soat 11-00 da masofaviy shaklda bo‘lib o‘tаdi.

🔵Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:

🔻Bo‘stonliq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan rejalashtirilayotgan xarajatlar to‘g‘risida;

🔻Bo‘stonliq tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan rejalashtirilayotgan xarajatlar to‘g‘risida;

🔻Bo‘stonliq tumani Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasining 2025-yil yakuni bilan daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risida.

Slide 1 of 1