Chiqindilarni tashish xizmati faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Gʻ.Safarov Malikobod hududidagi chiqindilarni tashish xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida hududda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Deputat tomonidan hududda tozalikni ta’minlash, chiqindilarni o‘z vaqtida tashish va aholiga qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati