Bu galgi muloqot Termiz shahar “Bo‘ston” mahallasida bo‘lib, unda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda shahar Kengashi deputati G.Abramatova ishtirok etdilar.
Muloqot davomida “Bo‘ston” mahallasida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy va huquqiy masalalar, shuningdek, aholining kundalik turmushidagi kommunal, infratuzilma va bandlikka oid muammolar atroflicha o‘rganildi.
"Mahalla yettiligi" a’zolari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar yuzasidan deputatlarga hisobot berdi. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasidagi bandlik masalasi, xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi hamda mahalladagi jinoyatchilikning oldini olish borasidagi faoliyat deputatlar e’tiborida bo‘ldi.
Muloqot yakunida "mahalla yettiligi" vakillari tomonidan ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda ularning ijro holati deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi.