Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki moliyaviy ko‘magi asosida barpo etilayotgan piyodalar yo‘lagini qurish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Qurilish ishlarining sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, hududda barpo etilayotgan 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosida ham bo‘lib, qurilish jarayonining borishi, loyiha quvvati va yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Mazkur obyekt foydalanishga topshirilgach, hududdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi oshishi ta’kidlandi. Deputat tomonidan qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash muhimligi alohida qayd etildi.