Yangiliklar

MAHALLABAY ISHLASH TIZIMI — AMALDA!

Uchrashuvda kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy-moddiy yordamlar ko‘lami, ularning manzilliligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, oiladagi nizolar, yosh oilalarning muammolari hamda ajrimlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik ishlar atroflicha o‘rganildi.

Deputat har bir murojaatni alohida qayd etib, ularning yechimi bo‘yicha "mahalla yettiligi" bilan birgalikda chora-tadbirlar belgiladi. Har bir oilaning tinchligi va har bir fuqaroning ijtimoiy himoyasi ustuvor vazifamizdir!

Slide 1 of 2