Yosh avlodning ma’naviy va axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Shu maqsadda xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati B.Sadikova tumandagi 35- maktabida o‘quvchilar uchun “Halollik vaksinasini” targ‘ibot qilish va tarbiyaviy mashg‘ulotlar o‘tkazish tashabbusini amalga oshirdi.
Mashg‘ulot davomida:
Yoshlar orasida halollik, rostgo‘ylik va mas’uliyatlilik qadriyatlari haqida tushunchalar berildi;
Xarid, internet faoliyat va kundalik hayotda halol qarorlar qabul qilish ahamiyati aytildi;
Ushbu mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning axloqiy ongi va to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati rivojlantirildi;
Savol-javob va interaktiv mashg‘ulotlar orqali yoshlar mashg‘ulotda faol ishtirok etishdi.
“Halollik vaksinasini” mashg‘ulotlari — bu nafaqat axloqiy tarbiya, balki kelajak avlodni sog‘lom fikr va munosib xulqli shaxs sifatida yetishishi uchun muhim qadamdir