Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tashabbus
янв.21
Targ'ibot
янв.21
SESSIYA
янв.21
Bugun Uchquduq tuman sport maktabida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan voleybol bo‘yicha Uchquduq tuman kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Targ‘ibot tadbiri
янв.21
HUQUQBUZARLIKLAR VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
YANGILANISH
янв.21
Prezident Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi yuzasidan respublika bo‘ylab targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Prezident Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi yuzasidan respublika bo‘ylab targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Prezident Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash deputatlari tumandagi "Qoraqamish" dehqon bozorida mahsulotlarning narxlari va sifati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

Prezident Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash deputatlari tumandagi "Qoraqamish" dehqon bozorida mahsulotlarning narxlari va sifati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

Saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ramzi bo‘lgan ushbu muqaddas kunlarda ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash har qachongidan ham muhim”, dedi davlatimiz rahbari hamda dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida arzonlashgan oziq-ovqat yarmarkalarini boshlash bo‘yicha topshiriq berdi. Shu munosabat bilan xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari "Qoraqamish" dehqon bozorida arzonlashtirilgan narxlardagi mahsulotlar bozorida monitoring o‘tkazdilar. Tadbirda, tuman hududidagi Dehqon bozoridagi narxlar va mahsulotlarning sifatini tekshirishga alohida e'tibor qaratildi.

“Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida, Kengash deputatlari hamda "Qoraqamish" dehqon bozori ma'muriyati bilan birgalikda arzonlashtirilgan narxlarning iste'molchilar uchun foydaliligi va bozordagi takliflarning sifatini o‘rganib chiqdilar. Mahsulotlarning ta’minoti, sifat darajasi va savdo sharoitlari tekshirildi. Deputatlar, narxlarning barqarorligini ta'minlash va aholi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni muhokama qildilar.

Shu bilan birga, xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi mahsulotlarning narxlari arzonlashtirilgan bo‘lsa-da, sifatni saqlab qolish zarurligini ta’kidladi. 

Ushbu tashabbus orqali, aholi uchun arzon va sifatli mahsulotlarni taqdim etish, shuningdek, bozor iqtisodiyotining tartibli rivojlanishini ta’minlash maqsad qilingan. Deputatlar tomonidan olib borilgan monitoring, Ramazon oyi davomida mahsulotlar narxlarining barqarorligini saqlash va iste'molchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish uchun muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 8