Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tashabbus
янв.21
Targ'ibot
янв.21
SESSIYA
янв.21
Bugun Uchquduq tuman sport maktabida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan voleybol bo‘yicha Uchquduq tuman kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Targ‘ibot tadbiri
янв.21
HUQUQBUZARLIKLAR VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
YANGILANISH
янв.21
Prezident Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi yuzasidan respublika bo‘ylab targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Prezident Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi yuzasidan respublika bo‘ylab targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
#Munosabat “Hazarbobo” – “Yangiravot” yo‘li masalasida rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati E.Abdusalomov tomonidan “Hazarbobo” va “Yangiravot” mahallalarini bog‘lovchi yo‘l yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Ishtixon tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi rasmiy javob taqdim etdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur yo‘l mahalliy ahamiyatdagi 30v055 (4k-548) “Sheyxlar – O‘rtaqishloq – Tallak.q” avtomobil yo‘lining bir qismi bo‘lib, aynan “Hazarbobo” va “Yangiravot” mahallalarini bog‘lovchi 12–15 km oralig‘i ta’mirtalab hisoblanadi.

Yo‘lni 2026-yil “Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash” dasturiga kiritish yuzasidan Samarqand viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga taklif berilgan. Dastur tasdiqlangach, joriy yilning II choragida yo‘lni to‘liq ta’mirlash rejalashtirilgan. Hozircha o‘tuvchanlikni ta’minlash maqsadida yo‘l avtogreyder yordamida tekislandi.

Shunday qilib, deputatlik so‘rovi e’tiborsiz qoldirilmadi. Endilikda belgilangan muddatlarda amaliy ishlar bajarilishi deputatlik nazoratida bo‘ladi. 

Slide 1 of 2