Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputatlari M.Kamolova, M.Xudoyberdiyevalar mahalla yettiligi bilan birgalikda Abay MFY aholi bilan uchrashuv o’tkazishdi.
янв.21
Mukohama uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
✔️Bugun xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o’rganish
янв.21
“Salomatlik sari” loyihasi doirasida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash va xotin -qizlar o‘rtasida turli gnekologik kasalliklarni oldini olish maqsadida tumandagi oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati M.Ravshanova tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida Navoiy MFY hudidagi 7-sonli maktabga tashrif buyurib, isitish tizimi holati o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida, maktabda istish tizimi quvurlari sozligi, schyotchik aparati qayta summatordan o‘tkazilganligi hamda maktab binosi kuz-qish mavsumiga tayyorligi maʼlum bo‘ldi.
янв.21
Uchquduq tuman “Nuroniylar maskanida” “Maromiylik” loyihasi ijrosi yuzasidan 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I.Rahimov va faol nuroniylar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda, dabdabali to‘ylar hamda boshqa oilaviy tadbir va marosimlarni ixchamlashtirish, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirish buyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
#munosabat

Prezident murojaatnomasi – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining strategik yoʻl xaritasi

Jahondagi murakkab geosiyosiy va iqtisodiy jarayonlar kuchayib borayotgan, islohotlar qat’iyat va aniqlikni talab qilayotgan bir paytda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi mamlakat taraqqiyoti uchun muhim dasturiy hujjat bo‘ldi.

Mazkur Murojaatnoma faqat o‘tgan yil sarhisobi emas, balki davlat va jamiyat oldida turgan dolzarb vazifalarga aniq javob, kelgusi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi strategik yo‘l xaritasi bo‘ldi.

Murojaatnomada 2025-yilda mamlakat iqtisodiy ko‘rsatkichlarida muhim natijalar qayd etilgani ta’kidlandi. Jumladan, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) ilk bor 145 milliard AQSH dollaridan oshdi, eksport hajmi sezilarli darajada o‘sdi.

Shu bilan birga, aholi farovonligini oshirish yo‘lida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 715 mingga yaqin xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar hayotga tatbiq etildi.

Murojaatnomada mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy maqsadlari ham aniq belgilab berildi. Xususan, O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmini 240 milliard AQSH dollaridan oshirish maqsadi qo‘yilib, bu yangi rivojlanish bosqichiga o‘tish yo‘lida muhim strategik qadam sifatida baholandi.

Tashqi siyosat masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Hozirgi global geosiyosiy vaziyatda O‘zbekiston barcha davlatlar bilan teng huquqli va konstruktiv munosabatlarni mustahkamlash siyosatini izchil davom ettirishi ta’kidlandi. Yaqin qo‘shni davlatlar bilan do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, ekologiya va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.

Prezidentimiz korrupsiyaga qarshi kurashni asosiy vazifalardan biri sifatida ta’kidlab, 2026-yilda ushbu illatga qarshi kompleks chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

Murojaatnoma mamlakat taraqqiyotida yangi bosqichga qadam qo‘yilayotganini yaqqol namoyon etdi. Unda belgilangan maqsad va vazifalar iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy sohani izchil rivojlantirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish hamda tashqi siyosatda muvozanatni saqlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Umuman aytganda, Murojaatnoma davlat organlari uchun aniq amaliy vazifalarni belgilab bergan dasturiy hujjat bo‘lish barobarida, jamiyatni umumiy maqsadlar atrofida jipslashtirishga xizmat qiladi. Unda ilgari surilgan ustuvor yo‘nalishlar mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyotiga xizmat qilishi, islohotlarning izchil va ortga qaytmas tus olishi uchun mustahkam asos yaratadi.