O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati: Maktablarning isitish tizimi, binolarning issiqlik izolyatsiyasi va yoqilg‘i zaxirasining yetarliligi.
Sport zallarining jihozlanishi: Sport zallarining holati, ulardagi mavjud sport anjomlari va inventarlarining to‘liqligi.
Tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari: Maktablarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish xonasining (tibbiyot punkti) mavjudligi hamda uning zarur bo‘lgan bepul dori-darmonlar va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi.
O‘rganish natijalari yuzasidan aniqlangan kamchiliklar va mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ta’lim muassasalarida sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi rejalashtirilgan.