Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashiga 17-Xurriyat saylov okrugidan saylangan deputat Niyozov Nuritdin Sirojovich tomonidan Davlat xizmatlari markazlari va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida (FHDYO) fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati va holati yuzasidan xolisona o‘rganish (monitoring) o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida xizmatlarning tezkorligi, shaffofligi, qulayligi hamda fuqarolarga munosabat madaniyatiga alohida e’tibor qaratildi. Monitoring natijalari aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga asos bo‘ladi