Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari Tursunbayev Alim Samatovich (18-Taraqqiyot), Rashidov Utkurbek Turabekovich (20-Degantepa) va Niyozov Nuritdin Sirojovich (17-Xurriyat) mahallalar raislari (Obod, Ma'rifat, Xurriyat, Degantepa, Taraqqiyot) bilan ishchi muloqot o‘tkazdilar.
Uchrashuvda mahallalardagi dolzarb muammolarni hal qilish, jumladan:
ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘p qavatli uylarni qarovsiz qoldirmaslik, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatish va ishsizlikni kamaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida aniqlangan barcha muammolarni deputatlik nazorati ostiga olish va ularni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha Aniqlik kirituvchi yo‘l xaritasi (chora-tadbirlar rejasi) ishlab chiqishga kelishib olindi.
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
/ Telegram (https://t.me/Nurafshon_XDK) /Instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_nurafshon_sh?igsh=d214Y24wcWt6OWI5) /Facebook/ (https://www.facebook.com/profile.php?id=61554190746410&mibextid=ZbWKwL)
https://kengash.gov.uz/nurafshon