Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashiga 18-Taraqqiyot saylov uchastkasidan saylangan deputat A. Tursunbayev tomonidan saylovchilar murojaatlarida koʻtarilgan dolzarb masalalarni joyiga chiqib oʻrganish ishlari olib borildi.
✅ Oʻrganish jarayonida quyidagilarga eʼtibor qaratildi:
Hududdagi ichki koʻcha yoʻllarining joriy holati koʻzdan kechirilib, taʼmirtalab joylar aniqlandi.
Shahar yoʻllarida transport harakatlanishidagi eng tirband joylar oʻrganilib, ushbu holatga sabab boʻlayotgan omillar tahlil qilindi.
YTHlar koʻp sodir boʻlayotgan xavfli nuqtalar aniqlanib, bu joylarda avariya holatlarini kamaytirishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha dastlabki takliflar shakllantirildi va aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishni boshladi.
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
/ Telegram (https://t.me/Nurafshon_XDK) /Instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_nurafshon_sh?igsh=d214Y24wcWt6OWI5) /Facebook/ (https://www.facebook.com/profile.php?id=61554190746410&mibextid=ZbWKwL)